ADABIY TARJIMADA METAFORALARNING KOGNITIV TUZILMASI: KONTSEPTUAL XARITALASH VA MADANIYATLARARO MOSLASHUV

Authors

  • Tolliboyeva Shaxnoza Oltinboyevna Author

Keywords:

metafora, kognitiv tuzilma, konseptual xaritalash, badiiy tarjima, madaniyatlararo moslashuv, kognitiv ta’sir

Abstract

Mazkur maqolada badiiy tarjimada metaforalarning kognitiv tuzilishi va ularning konseptual xaritalash orqali madaniyatlararo moslashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot kognitiv lingvistika doirasida metaforalarning manba va nishon sohalari o‘rtasidagi konseptual munosabatlarni ochib berishga qaratilgan. Badiiy matnlardagi metaforalarning turli madaniy muhitlarda qanday qabul qilinishi, tarjima jarayonida konseptual xaritalarning saqlanishi yoki transformatsiyaga uchrashi masalalari yoritiladi. Shuningdek, metaforalarning o‘quvchi ongiga ko‘rsatadigan kognitiv ta’siri va tarjimada madaniy moslashuv strategiyalarining ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari badiiy tarjimada metaforalarni kognitiv va madaniy nuqtayi nazardan talqin qilish imkonini beradi.

Author Biography

  • Tolliboyeva Shaxnoza Oltinboyevna

    Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti

Published

2026-01-25