TEXNIKUM TALABALARI UCHUN MATEMATIKANI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Authors

  • Mamatov Behzod Eson oʻgʻli Author

Keywords:

Matematika; texnikum; pedagogik yondashuvlar; interaktiv metodlar; amaliy mashqlar; o‘quv jarayoni

Abstract

Matematika fani texnikum talabalari uchun asosiy o‘quv predmetlaridan biri bo‘lib, u muhandislik, texnika va amaliy fanlar uchun poydevor hisoblanadi. Maqolada texnikumda matematikani o‘rganishda uchraydigan asosiy qiyinchiliklar, talabalarning mavzuni tushunishidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, interaktiv dars metodlari, vizual materiallardan foydalanish va amaliy mashqlar orqali talabalarning mavzuga qiziqishini oshirish usullari tavsiya etiladi. Maqola texnikum pedagoglari va talabalariga amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

Author Biography

  • Mamatov Behzod Eson oʻgʻli

    Zarbdor 1- son texnikumi matematika oʻqituvchisi

Published

2026-01-26