VIRUSLI INFEKSIYALAR: GRIPP VIRUSINING LABORATOR DIAGNOSTIKASI

Authors

  • Yulchiyeva Dilnavoz Shavkatjon qizi Author

Keywords:

Gripp virusi, virusli infeksiyalar, laborator diagnostika, RT-PCR, serologik tekshiruvlar

Abstract

Gripp virusi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallab, yuqori yuqumliligi, tez mutatsiyalanishi va epidemik hamda pandemik tarqalish xususiyati bilan ajralib turadi. Ushbu ilmiy maqolada gripp virusining etiologiyasi, patogenezi va laborator diagnostikasining zamonaviy usullari batafsil yoritilgan. Virusologik, serologik va molekulyar-biologik diagnostika metodlarining prinsipial asoslari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan. Ayniqsa, real vaqt rejimidagi polimeraza zanjir reaksiyasi (RT-PCR) usulining yuqori sezgirligi va spetsifikligi asoslab berilgan. Maqola gripp infeksiyasini erta aniqlash, samarali davolash va epidemiologik nazoratni ta’minlashda laborator diagnostikaning muhim rolini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Yulchiyeva Dilnavoz Shavkatjon qizi

    Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

    Mutaxassislik fani o`qituvchisi

Published

2026-01-26