JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTIDA DAVLATNING IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH ROLI

Authors

  • Maqsudov Abdulmannof Abdulmuttalib o’g’li Author
  • Otavaliyev Bobirjon Sobirjonovich Author

Keywords:

Jon Meynard Keyns, keynschilik ta’limoti, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, davlatning iqtisodiyotdagi roli, yalpi talab, fiskal siyosat, iqtisodiy inqiroz, ishsizlik, bozor va davlat munosabatlari.

Abstract

Ushbu maqolada iqtisodiy ta’limotlar tarixida muhim o‘rin tutgan Jon Meynard Keynsning iqtisodiy qarashlari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Keyns ta’limotida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli, yalpi talabni boshqarish mexanizmlari hamda iqtisodiy inqiroz sharoitida davlat aralashuvining zarurligiga qaratilgan. Maqolada klassik iqtisodiy maktab vakillarining bozor o‘z-o‘zini tartibga soladi degan qarashlari bilan Keyns yondashuvi solishtirib o‘rganiladi. Shuningdek, ishsizlik, iqtisodiy o‘sish va davlat xarajatlarining iqtisodiyotga ta’siri masalalari yoritib beriladi. Tadqiqot davomida Keyns ta’limotining zamonaviy iqtisodiy siyosatdagi ahamiyati va uning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Mazkur maqola iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Maqsudov Abdulmannof Abdulmuttalib o’g’li

    Iqtisodiyot fakulteti SIQT_AU_24 guruh talabasi

  • Otavaliyev Bobirjon Sobirjonovich

    Ilmiy rahbar

    Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi o’qituvchisi

Published

2026-01-26