MARJINALIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
Keywords:
marjinalizm, marjinal foyda, marjinal xarajat, narx nazariyasi, mikroiqtisodiyot, resurslardan foydalanish.Abstract
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shakllangan marjinalizm iqtisodiy ta’limotining vujudga kelishi, asosiy g‘oyalari va nazariy ahamiyati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor marjinal foyda, marjinal xarajat, marjinal unumdorlik tushunchalariga hamda ularning narx shakllanishi va resurslardan samarali foydalanishdagi roliga qaratiladi. Maqolada marjinalizm vakillarining qarashlari tarixiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq holda yoritilib, mazkur ta’limotning zamonaviy mikroiqtisodiy nazariyalar rivojiga qo‘shgan hissasi baholanadi. Tadqiqot natijalari iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi.
Downloads
Published
2026-01-26
Issue
Section
Articles