“BILIMDAN OLDIN ISHONCH: TA’LIMDA RUHIY YONDASHUV AHAMIYATI”

Authors

  • Abdujabborova Muqaddas Yo’ldoshevna Author
  • Davronova Malika Davronqulovna Author

Keywords:

ishonch, ta’lim, ruhiy yondashuv, motivatsiya, psixologik muhit, o‘ziga ishonch, shaxs rivoji, o‘qituvchi, o‘quvchi, bilim.

Abstract

Bilim olish yo‘li inson ongining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy omil hisoblanadi. O‘z-o‘ziga ishonch — zamonaviy ta’lim jarayonida har qanday bilimdan ilgari turadigan, mustahkam poydevor sanaluvchi, psixologik muhitning markaziy unsurlaridan biridir. Ruhiy yondashuv asoslarini tushunmagan holda, hech qanday bilim samarali va chuqur o‘zlashtirilmaydi. Inson psixologiyasi shundan dalolat beradiki, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ularni yakdillik bilan qo‘llash hamda yangi g‘oya va tashabbuslarga ochiq bo‘lish uchun ,avvalo,o‘ziga ishonch muhim. O‘z-o‘ziga ishonchning shakllanishi va uni ta’lim jarayoniga to‘g‘ri yo‘naltira bilish, shubhasiz, har bir insonning intellektual va ma’naviy salohiyati rivojida yetakchi o‘rin tutadi.

Author Biographies

  • Abdujabborova Muqaddas Yo’ldoshevna

    Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari

     

  • Davronova Malika Davronqulovna

    Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari

Published

2026-01-27