O‘ZBEK VA INGLIZ SO‘ZLASHUVCHILARI ORASIDAGI PRAGMATIK XATOLARDA UCHRAYDIGAN TUSHUNMOVCHILIKLARNI TAHLIL QILISH
Keywords:
pragmatik xatolar, madaniyatlararo muloqot, nutq etiketlari, so‘zlashuv muammolari, bevosita ifoda, bilvosita nutq, so‘zlovchi maqsadi, muloqot konteksti, ijtimoiy rol, tushunmovchilik.Abstract
O‘zbek va ingliz so‘zlashuvchilari orasidagi muloqot jarayonida uchraydigan pragmatik xatolar o‘ziga xos muloqot muammolarini vujudga keltiradi. So‘zlashuvchilarning ikki xil madaniyat, til va dunyoqarashdan kelib chiqqan holda bir-birini noto‘g‘ri anglab, turli tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi, hozirgi globallashgan davrda yanada keng yuzaga chiqmoqda. Pragmatika, odatda, tildan real muloqot sharoitida qanday foydalanilishini, so‘zlovchining maqsadi va tinglovchi tomonidan bu ma’nolarning qay darajada to‘g‘ri anglanishini o‘rganadi. Tilning faqat grammatik va leksik taraqqiyoti emas, balki uning muloqot jarayonlaridagi kontekstual ishlatilishi ham muhim omil hisoblanadi.
Downloads
Published
2026-01-27
Issue
Section
Articles