O‘ZBEK VA INGLIZ SO‘ZLASHUVCHILARI ORASIDAGI PRAGMATIK XATOLARDA UCHRAYDIGAN TUSHUNMOVCHILIKLARNI TAHLILI
Keywords:
pragmatik xatolar, madaniy tafovutlar, so‘zlashuv strategiyalari, kommunikativ anglashilmovchilik, nutq aktlari, bevosita va bilvosita ifoda, minnatdorchilik shakllari, murojaat shakllari, uzr so‘rash, ijtimoiy-madaniy kompetensiya.Abstract
O‘zbek va ingliz tillari o‘rtasidagi muloqotda yuzaga keladigan pragmatik xatolar, asosan, madaniy farqlar va turli til tizimlariga asoslangan kommunikativ strategiyalar natijasida paydo bo‘ladi. Pragmatika lingvistikaning bir bo‘limi bo‘lib, til birliklarining kontekstda qanday ishlatilishini va ular yordamida ijtimoiy aloqalarni qanday o‘rnatish, shuningdek, muayyan nutq vaziyatlarida til vositalarining mosligi, noo‘rinligi yoki noto‘g‘riligini o‘rganadi. Muloqotda aynan pragmatik jihatdan qilinadigan xatolar, til bilimining grammatik yoki leksik darajasidan ko‘ra, muloqotchilarning o‘zaro tushunmovchilikka olib kelishi ehtimoli yuqoriroq bo‘lgan muloqot shakllarida namoyon bo‘ladi. Bu kabi xatolar, ko‘pincha, yashirin bo‘lsa-da, o‘zaro anglashilmovchilik, jarayonda hissiy noqulaylik yoki hatto ijtimoiy mojarolarga olib kelishi mumkin.