YOSH BASKETBOLCHILARNING O‘NG VA CHAP QO‘LDA SAVATGA TO‘P TASHLASH QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING SAMARADORLIGI

Authors

  • Sidikova Zamira Omonboy qizi Author
  • Axmedov Xikmatilla Raxmonberdiyevich Author

Keywords:

Basketbol, yosh sportchilar, ikki qo‘l bilan o‘ynash, to‘p tashlash, texnik tayyorgarlik.

Abstract

Ushbu maqolada Chirchiq shahar, 3-maktab o‘quvchilarining o‘ng va chap qo‘l bilan savatga to‘p tashlash qobiliyatini rivojlantirishning samaradorligi tadqiq qilindi. Tadqiqotda 10–14 yoshdagi basketbolchilar ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar 6 hafta davomida, haftasiga 3 marta amalga oshirildi. Eksperimental guruh uchun maxsus mashqlar — o‘ng va chap qo‘l bilan turli masofalardan to‘p tashlash va dribling bilan kombinatsiyalangan mashqlar bajarildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eksperimental mashqlar chap qo‘l bilan to‘p tashlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi va o‘ng qo‘l bilan samaradorlikni saqlab qoldi. Tadqiqot natijalari yosh basketbolchilarda ikki qo‘l bilan o‘ynashni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Author Biographies

  • Sidikova Zamira Omonboy qizi

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti 2 - bosqich magistranti

  • Axmedov Xikmatilla Raxmonberdiyevich

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti  prоfessоri

Published

2026-01-29