WEB SAHIFALARNI YARATISHDA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH

Authors

  • Ashirov Sherbek Maxammadi o'g'li Author

Keywords:

Sun’iy intellekt, LLM, UI/UX dizayn, GitHub Copilot, Generativ AI, Veb-arxitektura, SEO, No-code, Kiberxavfsizlik.

Abstract

Ushbu maqolada web sahifalarni yaratish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritib berilgan. Sun’iy intellekt asosidagi vositalarning web dizaynni avtomatlashtirish, dasturlash jarayonini soddalashtirish, kontent yaratish hamda foydalanuvchi tajribasini yaxshilashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellektning web sahifalar xavfsizligini ta’minlash, SEO optimallashtirish va moslashuvchan dizayn yaratishdagi imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish web ishlab chiqish samaradorligini oshirishi va zamonaviy raqamli muhit talablariga mos yechimlar yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.

Author Biography

Published

2026-02-03