O‘ZBEKISTONNING YIRIK SANOAT ZONALARIDA KARBONAT ANGRIDRID (CO₂) EMISSIYASINING HUDUDIY TAQSIMLANISHINI GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BAHOLASH
Keywords:
karbonat angidrid CO₂ emissiyasi, sanoat zonalari, geoaxborot texnologiyalari, hududiy taqsimlanish, ekologik monitoring, sanoat ifloslanishi, raqamli xaritalash, O‘zbekiston sanoati, atmosfera ifloslanishi, ekologik xavfsizlik.Abstract
O‘zbekistonning yirik sanoat zonalarida karbonat angidrid (CO₂) emissiyasining hududiy taqsimlanishini geoaxborot texnologiyalari asosida baholash masalasi bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Iqlim o‘zgarishi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin egallaydi. Sanoat korxonalari tomonidan havoga chiqarilayotgan zararli gazlarning, xususan, karbonat angidridning hudud kesimida tahlili va monitoringi ekologik salomatlik hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish orqali karbonat angidrid chiqindilarining joylashuviga chuqur va sifatli baho berish imkoniyati yanada kengaydi.