BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY MAXSUS KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN METODIK YONDASHUV

Authors

  • Milinorov Xusniddin Xushmatovich Author

Keywords:

kasbiy maxsus kompetensiya, raqamli texnologiyalar, metodik yondashuv, bo‘lajak o‘qituvchi, raqamli ta’lim muhiti, pedagogik kompetensiya.

Abstract

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarga asoslangan metodik yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamlashtirish jarayonlarining jadallashuvi pedagog kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. Tadqiqotda kasbiy maxsus kompetensiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, raqamli texnologiyalarning pedagogik imkoniyatlari hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish asosida metodik yondashuv ishlab chiqilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmlari asoslab berilgan. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Milinorov Xusniddin Xushmatovich

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Published

2026-02-04