DEKOMPENSATSIYALASHGAN KARDIOMIOPATIYADA O`TKIR YURAK ETISHMOVCHILIGINING ZAMONAVIY REANIMATSIYA VA INTENSIV TERAPIYA STRATEGIYALARI
Abstract
Dekompensatsiyalshgan kardiomiopatiya (PKMP) — homiladorlikning so‘nggi oyida yoki tug‘ruqdan keyingi 5 oy ichida ilgari yurak kasalliklari bo‘lmagan ayollarda og‘ir yurak etishmovchiligi (OYE) rivojlanishi bilan kechadigan kam uchraydigan kasallik bo‘lib, ona o‘limi darajasi yuqori (6 oy ichida 6–10%). PKMPdagi OYEning intensiv terapiyasi kompleks yondashuvni talab qiladi: dori-darmon bilan davolash, gemodinamikani doimiy monitoring qilish va og‘ir holatlarda qon aylanishini mexanik qo‘llab-quvvatlash usullari qo‘llaniladi. Ushbu maqola PKMPdagi OYEning epidemiologiyasi, patofiziologiyasi, intensiv terapiya strategiyalari va prognozini zamonaviy ma’lumotlar asosida umumlashtiradi, statistik ko‘rsatkichlar va klinik tavsiyalarga alohida e’tibor qaratilgan.