G‘O‘ZANING RIVOJLANISH DAVRLARI VA VEGETATSIYA DAVRIGA TURLI SIDERAT EKINLAR VA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TA’SIRI
Keywords:
ekin, siderat, mosh, g‘o‘za, nav, S-8292, oziqlantirish, o‘sish-rivojlanish, o’simlik bo’yi.Abstract
Maqolada Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yozgi va kuzgi siderat ekinlar urug‘larini turli usullarda ekishning –g’o’zaning S-8292 navi o’sish-rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Respublikaning janubiy mintaqasi sharoitida yozgi siderat sifatida mosh va kuzgi siderat sifatida javdar ekinini resurstejamkor usullarda ekish va tuproqqa kiritish asosiy ekin g‘o‘zaning o‘sish rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. O‘simlik bo‘yi variantlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich No-till yozgi siderat (mosh)+full-till kuzgi siderat (javdar)+g‘o‘za (N150P105K75) variantida 109,6 sm.ni va eng past ko‘rsatkich No -till kuzgi siderat (javdar)+g‘o‘za (N150P105K75)+30 (15-15) t/ga go‘ng variantida 86,4 sm.ni tashkil etgan.