MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA ESTETIK TARBIYA BERISHDA MUSIQANING ROLI
Keywords:
estetik tarbiya, maktabgacha yosh, musiqiy idrok, emotsional rivojlanish, ritmika, badiiy did, musiqiy faoliyat, kreativlik, musiqiy pedagogika.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik tarbiya shakllanishida musiqaning o‘rni ilmiy-pedagogik yondashuv asosida yoritilgan. Musiqaning bola shaxsiyati rivojiga ta’sir etuvchi mexanizmlari, hissiy-irodaviy holat, nutq, xulq-atvor va ijodiy fikrlash bilan bog‘liq psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, estetik tarbiyada musiqiy faoliyatning turlari (tinglash, kuylash, ritmik harakatlar, cholg‘u asboblarida ijro, musiqiy dramatizatsiya)ning pedagogik samaradorligi, metodik asoslari va amaliy misollar keltiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, musiqa bolalarda nafosatni idrok etish, badiiy did, emotsional sezgirlik, madaniy xulq, ijtimoiy moslashuv hamda kreativ tafakkurni shakllantirishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, pedagogika yo‘nalishi talabalari va ta’lim amaliyotchilari uchun metodik tavsiyalar bilan boyitilgan.Downloads
Published
2026-02-06
Issue
Section
Articles