AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA AKTYORLIK TEXNIKALARINING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
an’anaviy qo‘g‘irchoq teatri, zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri, aktyorlik texnikasi, sahnaviy harakat, ovoz va plastika, qiyosiy tahlil, teatr san’ati.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada an’anaviy va zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrida aktyorlik texnikalarining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida an’anaviy qo‘g‘irchoq teatriga xos bo‘lgan ijro uslublari, harakat, ovoz va obraz yaratish tamoyillari hamda zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrida shakllanayotgan yangi aktyorlik texnikalari, jumladan, plastika, improvizatsiya, multimedia va texnologik vositalardan foydalanish masalalari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, har ikki yo‘nalishda aktyorning sahnaviy vazifalari, psixologik tayyorgarligi va ijro erkinligidagi farqlar ochib beriladi. Maqolada an’anaviy tajriba va zamonaviy yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi qo‘g‘irchoq teatrining badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi ilmiy xulosalar asosida asoslab beriladi.