BUXORO VILOYATIDA REKREATSION HUDUDLARNI SHAKLLANTIRISHDA SHOFIRKON TUMANINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Buxoro viloyati, rekreatsion hududlar, Shofirkon tumani, turizm, infratuzilma, rivojlanish, tabiiy resurslar, ekologiya, tarixiy obidalar, iqtisodiy ahamiyat.Abstract
Buxoro viloyatida rekreatsion hududlarni shakllantirish eng muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalardan biri sanaladi. Rekreatsion hududlar insonlarning salomatligini saqlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ruhiy va jismoniy tiklanishlariga imkon yaratish, shuningdek, viloyat iqtisodiyotining turizm sohasini rivojlantirish uchun muhim omildir. Bu jarayonda Buxoro viloyatining har bir tumanining o‘ziga xos tabiiy, tarixiy va madaniy resurslari, infratuzilma imkoniyatlari va geografik joylashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, Shofirkon tumani Buxoro viloyatida rekreatsion hududlarning shakllanishi va rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. Shofirkon tumani o‘z tabiat boyliklari, iqlimi va geografik joylashuvi bilan Buxoro viloyati rekreatsion imkoniyatlarini kengaytirishda, hududiy muvozanatni ta’minlashda, aholi uchun sifatli dam olish hamda ekologik toza muhit yaratishda katta ahamiyatga ega.