QUM BOʻRONLARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH YOʻLLARI: MAHALLIY AHOLI HAMDA MUSTAMLAKA MAʼMURIYATI USULLARI
Keywords:
Qum bo‘roni, Markaziy Osiyo, Qizilqum, Farg‘ona vodiysi, Barxan va qum tepaliklari, iqlim o‘zgarishi, cho‘l hududlari, chorvachilik va dehqonchilikka zarar, shamol va tabiiy ofatlar, mustamlaka davri tadqiqotlari.Abstract
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan Qizilqum, Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Pomir, Qashg‘ar, Kaspiy va Orol dengizi atrofida qum bo‘ronlari keng tarqalgan. Ushbu tabiiy ofat qumliklar, shamol va iqlim o‘zgarishlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, aholiga katta talofat yetkazgan. Qum bo‘ronlari karvon yo‘llarini to‘sib qo‘ygan, ovullarni egallab olgan, chorvachilik va dehqonchilikka zarar yetkazgan. Hududlarda qum tepaliklari va barxanlar shakllangan, shamol va tabiiy sharoitlar natijasida ular yo‘q bo‘lgan yoki boshqa hududlarga ko‘chgan. Mustamlaka davrida qum bo‘ronlariga qarshi choralar, jumladan daraxt ekish va devorlar qurish orqali kurashish tajribalari mavjud bo‘lgan. Mazkur tadqiqotlar qum bo‘ronlarining yuzaga kelish omillari, tarqalishi, aholiga ta’siri va oldini olish usullarini yoritadi.