BOLALAR NUTQIY RIVOJLANISHINI BAHOLASHDA LOGOPEDIK TEKSHIRUVNING AHAMIYATI
Keywords:
logopedik tekshiruv, nutqiy rivojlanish, nutq buzilishlari, diagnostika, kuzatuv, korreksiya, maktabgacha yosh, bola nutqi, logoped, ota-ona hamkorligi.Abstract
Ushbu maqolada bolalar nutqiy rivojlanishini aniqlash va baholash jarayonida logopedik tekshiruvning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida logopedik diagnostika va kuzatuv usullaridan foydalanish orqali bolalarning nutq faoliyati, tovushlarni talaffuz qilish darajasi, grammatik tuzilma, lug‘at boyligi, eshitish va ko‘rish idroki hamda psixik holati haqida to‘liq va aniq ma’lumot olish mumkinligi asoslab berildi. Ayniqsa, logopedik tekshiruvni erta yoshdan boshlab olib borish nutq nuqsonlarini barvaqt aniqlashga hamda korreksion-ta’limiy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, ota-onalar va mutaxassislar o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolaning nutqiy rivojlanishida muhim omil ekanligi qayd etildi.
Downloads
Published
2026-02-08
Issue
Section
Articles