KO‘KRAK BEZI SARATONI EROZIYASI: KLINIK BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI

Authors

  • Rafiqov Diyorbek Author
  • Djalilova Gulchiroy Jabborali qizi Author

Keywords:

Ko‘krak bezi saratoni, eroziya, klinik belgilar, onkologiya, diagnostika, jarrohlik davolash, kimyoterapiya, radioterapiya.

Abstract

Ushbu maqolada ko‘krak bezi saratonining asoratlaridan biri bo‘lgan eroziya holatining klinik belgilari, rivojlanish mexanizmi va zamonaviy davolash usullari yoritilgan. Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, kasallik kech bosqichlarda aniqlanganda teri va so‘rg‘ich sohasida eroziya, yara va qonash kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Maqolada eroziyaning paydo bo‘lish sabablari, klinik ko‘rinishlari va diagnostika usullari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, jarrohlik, kimyoterapiya, radioterapiya hamda mahalliy davolash usullarining samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola tibbiyot, jumladan stomatologiya yo‘nalishi talabalarining onkologik kasalliklar haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Rafiqov Diyorbek

    Qoʻqon Universiteti Andijon filiali

    Stomatologiya yo‘nalishi

    25-03-guruh talabasi

  • Djalilova Gulchiroy Jabborali qizi

    Anatomiya klinik va patologik anatomiya kafedrasi oʼqituvchisi

Published

2026-02-09