TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INFEKSION KASALLIKLARNI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAGA YO‘NALTIRILGAN VA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN METODIKANI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Turdiyev Madiyor Nuriddinovich Author

Keywords:

infeksion kasalliklar, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim, raqamli ta’lim texnologiyalari, klinik fikrlash, tibbiy ta’lim metodikasi.

Abstract

Ushbu maqolada  tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida infeksion kasalliklarni o‘qitish jarayonini kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv va raqamli ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash orqali talabalarning klinik fikrlash, diagnostik va profilaktik kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat. Metodologiya sifatida ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, taqqoslash, pedagogik modellashtirish hamda eksperimental mashg‘ulotlar natijalarini baholash usullaridan foydalanildi. Tadqiqot davomida virtual simulyatsiyalar, klinik holatlarga asoslangan topshiriqlar va elektron ta’lim platformalarini o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan metodika ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim infeksion kasalliklarni o‘zlashtirish darajasini sezilarli oshiradi hamda talabalarni real klinik faoliyatga tayyorlash samaradorligini kuchaytiradi. 

Author Biography

  • Turdiyev Madiyor Nuriddinovich

    Namangan davlat universiteti, tibbiyot fakulteti, klinik fanlar kafedrasi oʼqituvchisi

Published

2026-02-10