IQTISODIYOTNI EKOLOGIYALASHTIRISH SHAROITIDA QURILISH SOHASIDA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISHNING IQTISODIY MEXANIZMI

Authors

  • Shaymardanova Shaxnoza Primqulovna Author

Keywords:

iqtisodiyotni ekologiyalashtirish, qurilish sohasi, mehnat resurslari, iqtisodiy mexanizm, ekologik xavfsizlik, resurslardan samarali foydalanish, ekologik menejment, ishlab chiqarish samaradorligi, boshqaruv tizimi, barqaror rivojlanish.

Abstract

Iqtisodiyotni ekologiyalashtirish sharoitida qurilish sohasida mehnat resurslarini boshqarishning iqtisodiy mexanizmi zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim masalalardan biri bo‘lib, bu masala iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy omillar bir-biriga chambarchas bog‘langan sharoitda o‘z dolzarbligini tobora oshirib bormoqda. Bugungi global iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitga inson faoliyatining kuchli ta’siri va ekologik barqarorlik muammolarining dolzarb tus olishi natijasida har bir sohada, jumladan, qurilish sohasida ham ekologik omilga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur holat qurilish sohasi faoliyatining nafaqat atrof-muhitga yo‘naltirilgan xavfsizligini ta’minlash, balki ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat resurslarini samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish va ularni himoyalash kabi vazifalarni hal etishni ham taqozo qiladi. Shuningdek, iqtisodiyotni ekologiyalashtirish sxemasi ostida mehnat resurslarini boshqarishning iqtisodiy mexanizmi yanada takomillashtirilishi zarurati yuzaga kelmoqda.

Author Biography

  • Shaymardanova Shaxnoza Primqulovna

    Toshkent Arxitektura-qurilish unversiteti, Menejment fakulteti, Menejment kafedrasi o‘qituvchisi

Published

2026-02-10