JINOYAT PROTSESSIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH INSTITUTINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH

Authors

  • Ozoda Mo’minjonova Author
  • A.A.Otajonov Author

Keywords:

Jinoyat protsessi, inson huquqlari, erkinlik, himoya instituti, adolatli sudlov, huquqiy davlat, advokat, sud islohoti.

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat protsessida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish institutining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil etiladi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning asosiy mezoni sifatida e’tirof etilib, ularning jinoyat protsessidagi kafolatlari hamda himoya mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Maqolada mazkur institutning tarixiy ildizlari, mustaqillik davrida boshlangan islohotlar, sud-huquq tizimidagi yangilanishlar hamda xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka integratsiyalash jarayoni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jinoyat protsessida shaxsning daxlsizligi, adolatli sudlov huquqi va advokat himoyasi kabi tamoyillarning amaliy tatbiqi ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida inson huquqlarini himoya qilish institutining yanada takomillashtirilishiga doir taklif va xulosalar ilgari surilgan.

Author Biographies

  • Ozoda Mo’minjonova

    Toshkent davlat transport universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs talabasi

  • A.A.Otajonov

    Ilmiy rahbar: Jinoyat huquqi,

    kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish mudiri

    y.f.d., prof

Published

2026-02-12