QISMAN ADENTIYADA RAQAMLI DIAGNOSTIKA VA CAD/CAM TEXNOLOGIYALARINING OLINMAYDIGAN PROTEZLASHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
qisman adentiya, raqamli stomatologiya, intraoral skaner, CAD/CAM, olinmaydigan protez.Abstract
Mazkur maqolada qisman adentiyada og‘iz bo‘shlig‘idagi tish qatorlari nuqsonlarini tiklashda raqamli diagnostika va CAD/CAM texnologiyalarining klinik ahamiyati tahlil qilindi. Intraoral skanerlash, konus-nurli kompyuter tomografiya (CBCT) va raqamli rejalashtirish asosida tayyorlangan olinmaydigan protezlarning aniqligi, biologik mosligi hamda uzoq muddatli klinik samaradorligi baholandi. Ilmiy adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar protez chekka mosligini 20–30 % ga yaxshilab, klinik xatoliklarni 25–40 % ga kamaytiradi [1,2]. Tadqiqot natijalari CAD/CAM asosida tayyorlangan olinmaydigan protezlar bemorlarning funksional va estetik qoniqishini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
Downloads
Published
2026-02-15
Issue
Section
Articles