AQLI ZAIFLIK KELIB CHIQISH SABABLARI VA DARAJALARI.

Authors

  • Rustamova Shirin Ikrom qizi Author

Keywords:

Aqli zaiflik, intellektual nogironlik, oligofreniya, demensiya, genetik omillar, Daun sindromi, Fragil X sindromi, IQ darajalari, F70–F73, maxsus pedagogika, inklyuziv ta’lim, moslashuvchan xulq-atvor.

Abstract

Mazkur maqolada aqli zaiflik (intellektual nogironlik) tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va darajalari yoritilgan. Aqli zaiflikning klinik, psixologik va pedagogik mezonlari tavsiflanib, uning tuzilishiga ko‘ra oligofreniya va demensiyaga ajratilishi izohlangan. Shuningdek, genetik, biologik, homiladorlik va tug‘ruq davri omillari hamda atrof-muhit va ijtimoiy sharoitlarning ta’siri tahlil qilingan. Aqli zaiflikning IQ ko‘rsatkichlariga asoslangan F70–F73 darajalari va ularning kundalik hayot hamda ta’lim jarayonidagi xususiyatlari ochib berilgan. Maqolada ayniqsa yengil darajadagi (F70) aqli zaif bolalarning ta’lim imkoniyatlari va jamiyatga moslashuvi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Author Biography

  • Rustamova Shirin Ikrom qizi

    Toshkent  Kimyo  Xalqoro  universiteti.

    Maxsus pedagogika  SPDP-713  4-kurs talabasi.

Published

2026-02-17