TARJIMADA EKVIVALENTLIK ( Eugene Nida va Mona Baker nazaryalari)
Keywords:
tarjima, ekvivalentlik, Eugene Nida, Mona Baker, formal ekvivalentlik, dinamik ekvivalentlik, grammatik ekvivalentlik, tekstual ekvivalentlik, pragmatik ekvivalentlik, madaniy ekvivalentlik, tarjimashunoslik, muloqot, madaniyat, kommunikativ maqsad.Abstract
Ushbu maqolada tarjimada ekvivalentlik tushunchasi Eugene Nida va Mona Baker nazariyalari asosida tahlil qilinadi. Muallif ekvivalentlikning formal, dinamik, grammatik, tekstual, pragmatik va madaniy turlarini qiyoslab o‘rganadi hamda ularning tarjima jarayonidagi ahamiyatini yoritadi. Nida tomonidan ilgari surilgan formal va dinamik ekvivalentlik nazariyalari tarjimada shakl va mazmun uyg‘unligini ta’minlashning nazariy asosini tashkil etadi. Bakerning “In Other Words” asaridagi qarashlari esa ekvivalentlikni so‘z, grammatik va madaniy darajalarda tahlil etib, tarjimonning madaniyatlararo muloqotdagi vositachilik rolini ochib beradi. Maqolada tarjima jarayonida ekvivalentlik faqat til jihatidan emas, balki madaniy va pragmatik omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani ilmiy dalillar orqali asoslab beriladi.