PROFESSIONAL TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH.
Keywords:
sun’iy intellekt, professional ta’lim, raqamli pedagogika, neyrotarmoqlar, adaptiv ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, pedagogik mahorat, zamonaviy AKT, ta’lim transformatsiyasi, generativ intellekt.Abstract
Ushbu maqolada professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ish samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda SI yordamida o‘quv dasturlarini personallashtirish, talabalar bilimini avtomatik baholash va dars ishlanmalarini (sillabus, prezentatsiya, keys-stadi) generatsiya qilish usullari yoritilgan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, ta’limda etika va neyrotarmoqlar (ChatGPT, Gamma, Midjourney) yordamida vizual kontent yaratishning pedagogik afzalliklari asoslab berilgan. SI texnologiyalarining o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi interaktiv aloqani kuchaytirishdagi roli bo‘yicha ilmiy xulosalar taqdim etilgan