IJARA HUQUQI ASOSIDA TASHKIL ETILGAN DEHQON XOʻJALIKLARGA YERDAN FOYDALANUSH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING KREATIV USULLARI
Keywords:
ijara huquqi, dehqon xo‘jaligi, yer samaradorligi, agrotexnologiya, innovatsiya, agroekotizim, resurs tejamkorlik, menejment, diversifikatsiya, marketing.Abstract
Ijara huquqi asosida tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanish masalasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish kontekstida davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va zamonaviylashuv jarayonining asosiy vazifasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Yerni samaradorlik bilan boshqarish, ushbu sohada innovatsion va kreativ yondashuvlarni yo‘lga qo‘yish, tabiiy-resurslar salohiyatidan oqilona foydalanish orqali, dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligi va aholi farovonligi uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Bugungi global hamda mintaqaviy iqtisodiy tahdid va imkoniyatlar davrida dehqon xo‘jaliklariga ijaraga ajratilgan yer maydonlaridan maksimal foyda olish jarayonini takomillashtirish, bor kuch va imkoniyatlarni zamon talablari va zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida yo‘naltirish eng muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.