KADASTR SOHASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: UZKAD IMKONIYATLARI
Keywords:
kadastr, raqamli transformatsiya, UZKAD, elektron xizmatlar, davlat boshqaruvi, yer resurslari, ko‘chmas mulk, axborot tizimi, mulk huquqlari, islohotlar, raqamlashtirish, hujjatlar, shaffoflik, davlat xizmatlari.Abstract
Kadastr tizimi davlat boshqaruvining muhim asoslaridan biri bo‘lib, mamlakat yer resurslari va ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodiy va geografik ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, yuritish va yangilash bilan bog‘liq tizimli faoliyatni o‘z ichiga oladi. Kadastr o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyat hayotining deyarli barcha sohalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, davlat tashkiliy-iqtisodiy siyosati, mulkchilik munosabatlari, yer va mulkdan oqilona foydalanish, soliq va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni muvofiqlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda taraqqiyot yo‘liga qat’iy kirgan O‘zbekistonda ham kadastr sohasida tub o‘zgarishlar, modernizatsiya va innovatsion yangilanishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlarning markazida esa, eng avvalo, raqamli transformatsiya, yangi texnologiyalar asosida butun tizimni tubdan yangilash va samaradorligini oshirish maqsadi yotadi.