YER UCHASTKASI YER KADASTRINING BIRLAMCHI AXBOROTLAR MANBAI SIFATIDA
Keywords:
Yer kadastri, yer uchastkasi, axborot manbai, mulk huquqlari, yer resurslari, kadastr tizimi, foydalanish maqsadi.Abstract
Ushbu maqolada yer uchastkasining yer kadastrining birlamchi axborotlar manbai sifatida o‘rni tahlil qilinadi. Yer kadastri — yer resurslarining holatini, ulardan foydalanish tartibini va mulk huquqlarini belgilovchi tizim bo‘lib, u yer uchastkalarining huquqiy maqomini aniqlashda va boshqarishda asosiy ma'lumot manbai sifatida xizmat qiladi. Yer uchastkasining kadastrida uning joylashuvi, o‘lchami, foydalanuvchilari va foydalanish maqsadlari haqida axborotlar mavjud bo‘lib, bu ma'lumotlar yerni samarali boshqarish, soliq tizimini tashkil etish, mulk huquqlarini himoya qilish va yer resurslarini to‘g‘ri taqsimlash uchun zarurdir. Maqolada, shuningdek, kadastr tizimining ahamiyati, uning davlat va iqtisodiyot uchun foydalari hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida kadastr ma'lumotlarining samarali boshqarilishining istiqbollari haqida so‘z boradi.