O‘ZBEK TILI PUNKTUATSIYASINING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI VA UNING MATN SEMIOTIK TIZIMIDAGI O‘RNI
Keywords:
o‘zbek tili punktuatsiyasi, kommunikativ-pragmatik yondashuv, paragrafemika, metagrafemika, yozma nutq, semiotik tizim.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tili punktuatsiyasi kommunikativ-pragmatik yondashuv asosida tadqiq etiladi hamda uning yozma matnning semiotik tizimidagi o‘rni yoritiladi. Punktuatsiya faqat sintaktik munosabatlarni ifodalovchi yordamchi vosita emas, balki axborotni taqsimlash, muallif pragmatik niyatini ifodalash va o‘quvchi interpretatsiyasini boshqaruvchi funksional-adaptiv tizim sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda N.L. Shubinaning punktuatsiyani yordamchi semiotik tizim sifatida izohlovchi konsepsiyasi o‘zbek tili materiallari asosida rivojlantiriladi. Nazariy tahlil amaliy matn misollari bilan boyitilib, o‘zbek yozma nutqida punktuatsion va metagrafik vositalarning kommunikativ ahamiyati asoslab beriladi.Downloads
Published
2026-02-19
Issue
Section
Articles