BOLALARDA COVID-19 DAN KEYINGI DAVRDA TIZIMLI QIZIL YUGURIKNING KLINIK, INSTRUMENTAL VA LABORATOR XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mallayev Sh. Sh Author
  • Muxtorov M.G‘ Author

Abstract

COVID-19 infeksiyasi ko‘p tizimli yallig‘lanish reaksiyasini chaqirib, autoimmun kasalliklar kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarda tizimli qizil yugurik (TQY) kabi autoimmun kasalliklar COVID-19 dan keyin kuchayishi yoki yangi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
COVID-19 bilan og‘rigan bolalarda tizimli qizil yugurikning klinik va laborator xususiyatlarini pandemiyagacha bo‘lgan bemorlar bilan solishtirish.
Material va metodlar. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘tkazildi. 21 nafar COVID-19 o‘tkazgan TQYli bemor (1-guruh, prospektiv) va pandemiyagacha davrda davolangan 42 nafar TQYli bemor (2-guruh, retrospektiv) o‘rganildi. Klinik, laborator va instrumental ko‘rsatkichlar taqqoslandi.

Author Biographies

Published

2026-02-19