ALEKSANDR FAYNBERGNING “YAPONIYA” SHE’RI: RAMZ, RUH VA SHARQONA TAFAKKUR UYG‘UNLIGI

Authors

  • Zoirova Diyora Shavkat qizi Author

Keywords:

ramz, poetika, Sharq, Yaponiya, samuray, tong, badiiy tafakkur.

Abstract

Ushbu maqolada Aleksandr Faynbergning “Yaponiya” she’ri badiiy-tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Asarda shoirning Sharq sivilizatsiyasiga, xususan, Yaponiya madaniyatiga bo‘lgan estetik munosabati, ramziy tasvirlar orqali berilgan ma’no qatlamlari hamda insoniy tuyg‘ular ifodasi tahlil qilinadi. She’rda tong, quyosh, hilol, samuray, okean va kitob obrazlari orqali milliy ruh, matonat, go‘zallik va tafakkur timsollari ochib beriladi. Maqola davomida asarning poetik xususiyatlari, ramziy tafakkuri va muallifning badiiy qarashlari yoritiladi.

Author Biography

  • Zoirova Diyora Shavkat qizi

    O’zbekiston davlat Jahon Tillari Universiteti talabasi

Published

2026-02-20