SWOT-TAHLILI ASOSIDA KELAJAKDAGI BIZNESNI TAXLIL QILISH
Keywords:
SWOT-tahlil, strategik boshqaruv, kelajak biznesi, raqobat ustunligi, innovatsiya, imkoniyatlar, tahdidlar, biznes strategiyasi, barqaror rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada kelajakdagi biznes faoliyatini strategik jihatdan baholashda SWOT-tahlil metodining ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda raqamlashtirish, globallashuv, innovatsion texnologiyalar va raqobatning kuchayishi biznes subyektlaridan chuqur strategik rejalashtirishni talab etmoqda. SWOT-tahlil korxonaning ichki kuchli va zaif tomonlarini, tashqi imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlash orqali kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi. Tadqiqotda SWOT-tahlilning nazariy asoslari, uni kelajak biznes modellariga tatbiq etish mexanizmlari hamda amaliy natijalari ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, SWOT-tahlil kelajak biznesining barqarorligini ta’minlashda samarali strategik vosita hisoblanadi.