YOSHLARNING RUHIY SALOMATLIGINI SAQLASHDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Keywords:
Ruhiy salomatlik, yoshlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, psixologik omillar, stress, empatiya, kommunikatsiya, oila, ijtimoiy muhit, barqarorlik.Abstract
Mazkur maqolada yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash va rivojlantirishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda global o‘zgarishlar, raqamli muhitning kengayishi va ijtimoiy bosimning kuchayishi yoshlarning ruhiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, ularning psixologik holatini mustahkamlashda oilaviy, do‘stona va jamoaviy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining roli alohida o‘ringa ega. Tadqiqotda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning emotsional, instrumental va informatsion shakllari hamda ular yordamida stress, depressiya va anksiyetani kamaytirish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, yoshlarning o‘zaro muloqoti, empatiya va o‘zini qadrlash darajasi bilan ruhiy sog‘lomlik o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil etilgan. Maqolada psixologik yordam dasturlari, o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yo‘llari ham taklif etiladi. Natijada, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yoshlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlashda eng samarali psixologik omil ekanligi isbotlanadi.