MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA ANALITIK VA SINTETIK FIKRLASH OPERATSIYALARINING O‘RNI

Authors

  • Badridinov Nusratbek Xusniddin oʻgʻli Author

Keywords:

matematik tushuncha, analitik fikrlash, sintetik fikrlash, tafakkur operatsiyalari, umumlashtirish, abstraksiyalash, matematik ta’lim, mantiqiy tafakkur, pedagogik jarayon, bilimni tizimlashtirish

Abstract

Mazkur maqolada matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonida analitik va sintetik fikrlash operatsiyalarining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Matematik tushunchalarning shakllanish mexanizmi, ularning mantiqiy asoslari hamda tafakkur operatsiyalari bilan bog‘liqligi yoritib beriladi. Analitik fikrlashning obyektni tarkibiy qismlarga ajratish, muhim belgilarni aniqlash va sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochib berishdagi ahamiyati asoslanadi. Sintetik fikrlashning esa ajratilgan elementlarni yagona tizimga birlashtirish, umumlashtirish va nazariy xulosa chiqarishdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, matematik ta’lim jarayonida ushbu operatsiyalarning uyg‘un qo‘llanilishi o‘quvchilarda mantiqiy, tizimli va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilishi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.

Author Biography

  • Badridinov Nusratbek Xusniddin oʻgʻli

    Andijon davlat universiteti talabasi.

    nusratbek@adu.uz

Published

2026-02-23