TAʼLIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGNING KASBIY FAOLIYATIDA UCHRAYDIGAN EMOTSIONAL ZOʻRIQISH VA "KASBIY SOʻNISH"(BURNOUT) OMILLARI
Keywords:
emotsional zoʻriqish, kasbiy soʻnish, burnout sindromi, taʼlim psixologi, stress, empatiya charchoqligi, professional deformatsiya, psixologik salomatlik.Abstract
Mazkur maqolada taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasbiy faoliyatida uchraydigan emotsional zoʻriqish va kasbiy soʻnish (burnout) sindromining mohiyati, kelib chiqish omillari hamda uning salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Psixolog kasbi inson ruhiyati bilan bevosita ishlashni talab qilgani sababli, yuqori darajadagi hissiy yuklama, masʼuliyat, empatiya va kommunikativ bosim ostida kechadi. Maqolada kasbiy soʻnish nazariyasining asoschilari, jumladan, Herbert Freudenberger va Christina Maslach tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalar asosida nazariy tahlil beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, emotsional zoʻriqishning asosiy omillari ish hajmining ortishi, byurokratik yuklama, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yetishmasligi, professional identifikatsiya inqirozi hamda shaxsiy resurslarning kamayishi bilan bogʻliq ekani aniqlangan. Maqola yakunida psixologlar faoliyatida kasbiy soʻnishning oldini olish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqilgan.