IPAK YO’LI RENESSANSI : MARKAZIY OSIYO TURIZM YARMARKALARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA
Keywords:
raqamli turizm, raqamlashtirish , Ipak yo’li , yarmarkalar, Markaziy osiyo, globallashuv, tarixiy obidalar, turistik mahsulotlarAbstract
Buyuk Ipak yo’li insoniyat sivilizatsiyalari o’rtasidagi eng qadimiy va muhim transport kommunikatsiya tizimlaridan biri sifatida tarixda o’z o’rni bor. Ipak yo’li sharq va g’arbni bog’lab turuvchi iqtisodiy geosiyosiy madaniy ko’prik vazifasini o’tagan. Hozirgi kunda turizm industriyasida raqamli transformatsiya jarayonlari mijoz tajribasini tubdan o’zgartirmoqda , xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirmoqda.
Ushbu maqolada raqamli xizmatlarning turizm yarmarkasidagi o’rni ,turistik mahsulotlar sifatini oshirish, turistik mahsulotlar yaratuvchilari orasida raqobatbardoshlikni mustahkamlash tahlil qilinadi. O’zbekiston va Qozog’iston turizmidagi mavjud holat mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish yo’nalishlari ko’rib chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida Markaziy Osiyo turizm yarmarkalarini rivojlantirish orqali turistlar oqimini sezilarli darajada ko’paytirish va turizm sohasini rivojlantirish tendensiyalari ko’rib chiqiladi, Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki , bugungi globallashuv va raqamli transformatsiyalar davrida tarixiy obidalar, Ipak yo’li merosining qayta tiklanishini keng jamoatchilikka tanitish va ular orasida turizmni rivojlantirish masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.