TERMINAL HOLATLADA BIRINCHI YORDAM

Authors

  • Rajabova Gulbaxor Farxod qizi Author

Keywords:

Terminal holat, terminal pauza ,preagonal holat, agoniya, nafas reflekslari, klinik oʻlim, buyruqli davolash usuli, himoyachi nuqtai,xolistik yondashuv, ritmik bosimlar, tashqi shikastlovchi omillar, sun'iy nafas, suyak chiqishi, suyak sinishi, zaharlanish, hushdan ketish, jarohatlanish, kompressiya.

Abstract

Mazkur mavzu terminal holatlarda birinchi yordam ko‘rsatishning nazariy va amaliy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Terminal holatlar — bu organizm hayot faoliyatining keskin susayishi bilan kechadigan, klinik o‘lim, og‘ir shok, kollaps va nafas hamda yurak faoliyatining to‘xtashi kabi hayot uchun xavfli vaziyatlardir. Ushbu mavzuda terminal holatlarning sabablari, belgilari, rivojlanish bosqichlari hamda ularni erta aniqlash mezonlari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, birinchi yordam ko‘rsatish algoritmlari, yurak-o‘pka reanimatsiyasi (YOR), sun’iy nafas berish, yurakni bilvosita massaj qilish, qon ketishini to‘xtatish hamda shoshilinch tibbiy yordam kelguniga qadar jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar batafsil bayon etiladi. Mavzu aholining tibbiy savodxonligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Rajabova Gulbaxor Farxod qizi

    Buxoro viloyati G'ijduvon tumani

    Abu Ali ibn Sino nomidagi

    Jamoat salomatligi texnikumi

    Xirurgiyaga aloqador fanlar kafedrasi

Published

2026-02-25