ARTERIAL BOSIMNI NEYRO-GUMORAL BOSHQARISH MEXANIZMI

Authors

  • Ro’ziboyeva Mohinur Elyorjon qizi Author
  • Aminjonov Bahodirjon Author

Keywords:

Arterial bosim , neyro-gumoral regulyatsiya , baroretseptor refleksi , xemorepseptorlar , simpatik asab tizimi , parasimpatik asb tizimi, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi , vazopressin, buyrak regulyatsiyasi , yurak-qon tomir tizimi , gemodinamika , gomeostaz, arterial gipertoniya , perifik qarshilik , yurak chiqish hajmi.

Abstract

Ushbu maqolada arterial bosimni   neyro-gumoral boshqarish mexanizmlarining fiziologik asoslari, ularning o’zaro bog’liqligi hamda organizm gomeositazini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Arterial bosim yurak-qon tomir tizimining muhim funksional ko’rsatkichi bo’lib, uning doimiyligi murakkab reflektor va gormonal mexanizmlar orqali saqlanadi . Maqolada qisqa muddatli regulyatsiyada ishtirok etuvchi baroretseptorlar , xemorepseptorlar va markaziy nerv tizimining roli, ayniqsa simpatik va parasimpatik asab tizimining gemodinamik ko’rsatkichlarga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan.

Shuningdek, uzoq muddatli boshqaruv mexanizmlarida buyraklarning ekskretor    funksiyasi, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi,  vazopressin va boshqa biologik faol moddalarning arterial bosimni barqarorlashtirishdagi ahamiyati ko’rib chiqilgan. Arterial bosimning fiziologik me’yordan og’ishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatlar , xususan, arterial gipertoniya rivojlanish mexanizmlari ham tahlil etilgan.

Mazkur maqola arterial bosim regulyatsiyasining nazariy asoslarini chuqur o’rganish , klinik fikrlashni shakllantirish hamda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda fiziologik bilimlarning amaliy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.

Author Biographies

  • Ro’ziboyeva Mohinur Elyorjon qizi

    Farg’ona Jamoat salomatligi Tibbiyot instituti

    Davolash ishi yo’nalishi

    2-kurs talabasi

  • Aminjonov Bahodirjon

    Fiziologiya kafedrasi o’qituvchisi

     

Published

2026-02-25