ZIRA O‘SIMLIGINING AN’ANAVIY TIBBIYOTDAGI O‘RNI VA ZAMONAVIY FARMAKOLOGIK TADQIQOTLAR

Authors

  • Mardiyev Nodirbek Orifjon o’g’li Author

Keywords:

Cumin cuminum L, flavonoid, shizokarp, efir moylari, antioksidant, antidiabetik, kuminaldegid.

Abstract

Cuminum cyminum L. — oddiy zira Osiyo va O‘rta yer dengizi mintaqalarida qadimdan ziravor va dorivor o‘simlik sifatida keng qo‘llanib kelinadi. An’anaviy tibbiyotda u asosan oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilash, meteorizmni kamaytirish hamda umumiy sog‘liqni mustahkamlash maqsadida ishlatilgan. Hozirgi kunda tabiiy davolash vositalariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi zira o‘simligining biologik va farmakologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishni dolzarb masalaga aylantirmoqda.

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi oddiy ziraning an’anaviy qo‘llanilishi bilan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat. Tadqiqot adabiyot manbalarini tahlil qilish hamda laboratoriya tadqiqotlari natijalariga tayangan holda olib borildi. Olingan natijalar zira o‘simligining antioksidant, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Tadqiqot davomida an’anaviy qo‘llanilish shakllari bilan zamonaviy ilmiy dalillar o‘rtasida muayyan moslik mavjudligi aniqlandi. Olingan natijalar zira asosida farmatsevtik preparatlar ishlab chiqish va sog‘liqni saqlash amaliyotida qo‘llash imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu ishda ziraning istiqbolli ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari belgilab berildi.

Author Biography

  • Mardiyev Nodirbek Orifjon o’g’li

    Navoiy Davlat Universiteti 1-kurs magistranti

Published

2026-02-25