O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONI VA IQTISODIY OQIBATLARI

Authors

  • Abduraxmonov Shohruh Sherzod o‘g‘li Author
  • Xalmatjanov Farxod Maxammatjanovich Author

Keywords:

Jahon savdo tashkiloti, O‘zbekiston iqtisodiyoti, integratsiya, tashqi savdo, investitsiya, eksport, import, proteksionizm, erkin savdo, raqobat.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni, uning asosiy bosqichlari hamda iqtisodiy oqibatlari tahlil etilgan. JSTga qo‘shilishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirishdagi roli, tashqi savdo va investitsiyalar oqimidagi o‘zgarishlar ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishidan kutilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham tahlil qilingan va ularni bartaraf etish bo‘yicha bir nechta takliflar ham keltirib o‘tilgan.

Author Biographies

  • Abduraxmonov Shohruh Sherzod o‘g‘li

    Alfraganus universiteti

    Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

    munosabatlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

  • Xalmatjanov Farxod Maxammatjanovich

    Alfraganus universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti katta o‘qituvchisi

Published

2025-10-07