O’ZBEKISTONDA IQTISODNING YIRIK TARMOG’I-QISHLOQ XO’JALIGI
Keywords:
O‘zbekiston iqtisodiyoti, Qishloq xo‘jaligi, Agrar islohotlar, Fermer xo‘jaliklari, Dehqonchilik, Qishloq joylarida yashash sifati.Abstract
Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy tizimida muhim o‘rin tutuvchi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i keng qamrovda o‘rganilgan. Mamlakat aholisi bandligining katta qismi aynan ushbu soha bilan bog‘liq bo‘lib, u yurtimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki talabni qondirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida yirik ulushga ega bo‘lgan paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Ishda sohaning tarixiy rivojlanish bosqichlari, mustaqillikdan so‘nggi agrar islohotlar, xususan, dehqon va fermer xo‘jaliklarining shakllanishi, erkin bozor tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimining joriy etilishi haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tanqisligi muammosini bartaraf etish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini va hajmini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining geografiyasi, xalqaro bozor talablari va O‘zbekistonning bu boradagi salohiyati ham alohida o‘rin egallaydi. Sohaning ekologik jihatlari, jumladan, yer degradatsiyasi, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri, hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan ham fikr yuritilgan.