DORI VOSITALARINI YARATISHDA FARMATSEVTIK KIMYO FANINI O‘RNI
Keywords:
farmatsevtik kimyo, dori vositalari, SAR (struktura-faollik munosabati), ADMET tahlili, kimyoterapiya, pol Erlix, molekulyar modifikatsiya, bioavailability.Abstract
XXI asr tibbiyotining eng katta muammolaridan biri – bu yangi kasalliklarga qarshi kurash, antibiotiklarga chidamli bakteriyalar sonining ortishi va surunkali kasalliklarning ko'payishidir. Ayni paytda dunyo aholisi qariyb 8 milliardga yetgan bir vaqtda, sog'liqni saqlash tizimi oldida turgan eng muhim vazifa – xavfsiz, samarali va arzon dori vositalarini yaratishdir. COVID-19 pandemiyasi butun insoniyatga bir necha oy ichida vaksina yaratish mumkinligini ko'rsatdi va bu muvaffaqiyat aynan farmatsevtik kimyaning zamonaviy yutuqlari tufayli amalga oshdi. Shu sababli, kimyo va farmatsiyaning o'zaro hamkorligini o'rganish, yangi dori vositalarini yaratish mexanizmlarini tushunish bugungi kunda nafaqat ilmiy, balki strategik ahamiyat kasb etadi.