MARKAZIY OSIYO TRANSCHEGARAVIY SUVLARDAN FOYDALANISH HUQUQI
Keywords:
Havza davlatlari, vegetatsiya davri, global, resurs, konvensiya,Abstract
Mazkur ish xalqaro miqyosda tugab borayotgan va qayta tiklanmasligi mumkin bo’lgan, tabiiy resurs - suvdan foydalanish. Davlatlarning o’zaro tengligi to’g’risida, ularning o’zaro milliy manfaatlari to’qnashuvida olib borayotgan siyosati va bundan kelib chiquvchi natijalarini xalqaro huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Davlatlarning XXI asrga kelib o’zaro ziddiyatli vaziyatlarida diplomatik yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan harakatlar, ayni damda qurolli to’qnashuvlar orqali amalga oshirilmoqda. Biz ham bunday vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun eng katta xavflardan bo’lgan suvsizlikni oldini olishga befarq bo’lmasligimiz zarur. Shu sababdan bu maqolada dengiz, daryo, ko’l va yer osti suvlaridan hamda transchegaraviy suvlardan oqilona foydalanishda bilishimiz kerak bo’lgan shartnomalar, qonunlar bilan tanishib va ularga amaldagi holatdan kelib chiqib shaxsiy fikr beriladi va bo’shliq mavjud deb hisoblangan joylariga esa qo’shimcha takliflar keltirilib o’tiladi .