KOMPYUTER GRAFIKASI TA’LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Keywords:
kompyuter grafikasi, dizayn operatori, innovatsion texnologiyalar, 2D va 3D modellashtirish, VR/AR, ta’lim jarayoni, kasbiy tayyorgarlik.Abstract
Raqamli texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda, kompyuter grafikasi ta’limida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kompyuter grafikasi va dizayn operatorlarini tayyorlash jarayonida an’anaviy metodlar yetarli emas; talabalar zamonaviy dasturlar, 2D va 3D modellashtirish vositalari, animatsiya va vizual effekt texnologiyalaridan samarali foydalanishni o‘rganishi zarur. Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalarning pedagogik ahamiyati, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligiga ta’siri, amaliy mashg‘ulotlar va onlayn resurslar orqali qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion yondashuvlar o‘quv jarayonini interaktiv qiladi, ijodiy fikrlashni rivojlantiradi va kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlaydi.