AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYADA TIBBIY REABILITASIYA USULLARINI QO’LLASH
Keywords:
Akusherlik, ginekologiya, tibbiy reabilitatsiya, tug‘ruqdan keyingi davr, fizioterapiya, davolovchi jismoniy mashqlar, reproduktiv salomatlik, gormonal muvozanat, surunkali yallig‘lanish kasalliklari, sanator-kurort davolash, psixologik reabilitatsiya.Abstract
Mazkur maqolada akusherlik va ginekologiyada tibbiy reabilitatsiya usullarini qo‘llashning ahamiyati, asosiy yo‘nalishlari va klinik samaradorligi yoritilgan. Reabilitatsiya chora-tadbirlari homiladorlik, tug‘ruq va ginekologik kasalliklardan keyingi davrda ayollar salomatligini tiklashga qaratilgan. Tug‘ruqdan keyingi davrda jismoniy mashqlar, fizioterapiya va psixologik yordam muhim o‘rin tutadi. Ginekologik operatsiyalardan so‘ng esa reproduktiv funksiyani saqlash va asoratlarning oldini olish asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek, surunkali yallig‘lanish kasalliklari va hayz sikli buzilishlarida kompleks reabilitatsiya yondashuvi qo‘llaniladi. Tibbiy reabilitatsiya ayollarning hayot sifatini yaxshilash, mehnat qobiliyatini tiklash va reproduktiv salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.