TOHIR VATTORNING “ZILZILA” ROMANIDA TIL XUSUSIYATLARI
Keywords:
Tohir Vattor, “Zilzila” romani, lingvopoetika, semantika, intertekst, makon poetikasi, ko‘prik leksemasi, qahramon nutqi, ramziylik, Qur’oniy ishoralar.Abstract
Mazkur maqolada Tohir Vattorning “Zilzila” romanining til xususiyatlari lingvopoetik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda asar sarlavhasining semantik-semiotik yuki, qahramon nutqidagi baholovchi birliklar, makon poetikasida “qoya” va “hid” obrazlarining funksiyasi hamda “ko‘prik” leksemasining kompozitsion-semiotik roli yoritiladi. Shuningdek, roman matnida Qur’oniy intertekstning qo‘llanishi va uning g‘oyaviy-badiiy ta’siri ochib beriladi. Tahlillar natijasida asarda haqiqiy “zilzila” tabiiy hodisa emas, balki qahramon ongidagi psixologik silkinish va jamiyatdagi ijtimoiy nomutanosiblikning lingvopoetik ifodasi ekani asoslab beriladi.
Downloads
Published
2026-03-01
Issue
Section
Articles