OTATURK MODERNIZATSIYASI DAVRIDA TURKIYADA AYOLLAR NASHRLARIDA GENDER DISKURSINING SHAKLLANISHI (1920–1950)
Keywords:
Otaturk modernizatsiyasi, zamonaviy turk ayoli, gender diskursi, ayollar nashrlari, respublika davri, gender islohotlari, davlat feminizmi, onalik va xotinlik, milliy identifikatsiya, “Resimli Ay”, “Türk Kadını”.Abstract
Ushbu tadqiqot Usmonlilar imperiyasining parchalanishi va Turkiyaning mustaqil respublika sifatida shakllanishi jarayonida Mustafo Kamol Otaturk tomonidan amalga oshirilgan modernizatsiya siyosati doirasidagi gender islohotlarini tahlil qiladi. Xususan, ushbu davrda turk ayollari uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar hamda ayollar nashrlarida gender munosabatlarining qanday shakllangani yoritiladi.
Otaturk rahbarligidagi modernizatsiya loyihasi Turkiya jamiyatida gender munosabatlarini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan edi. Tadqiqotda davlat tomonidan targ‘ib qilingan “zamonaviy turk ayoli” obrazi – ta’lim olgan, kasb egallagan, ijtimoiy hayotda faol, ochiq kiyingan, biroq birinchi navbatda ona va ayol sifatida talqin qilingan shaxs timsoli markaziy o‘ringa qo‘yiladi. Shuningdek, bir qator ayollar nashrlari misolida milliy identifikatsiya, oilaviy qadriyatlar, ayollar ta’limi, moda va uy bekaligi masalalarining qanday yoritilgani tahlil qilinadi.