DISLALIYA, DIZARTRIYA VA RINOLALIYA: DIFFERENTSIAL DIAGNOSTIKA VA LOGOPEDIK YONDASHUVLAR
Keywords:
dislaliya, dizartriya, rinolaliya, nutqiy nuqsonlar, differentsial diagnostika, logopedik korreksiya, nutq terapiyasiAbstract
Ushbu maqolada nutqning eng keng tarqalgan buzilishlaridan bo'lgan dislaliya, dizartriya va rinolaliyaning differentsial diagnostikasi va logopedik yondashuvlari ko'rib chiqilgan. Maqolada har bir nutqiy nuqsonning klinik ko'rinishi, etiologiyasi, patomexanizmlari va ularni farqlashning asosiy mezonlari yoritilgan. Dislaliya, dizartriya va rinolaliyani differensial diagnostika qilishda logopedik tekshiruvning ahamiyati, shuningdek, har bir nutq buzilishi turi uchun moslashtirilgan korreksion ishning o'ziga xos jihatlari tahlii qilingan. Tadqiqotda nutqiy nuqsonlarni erta aniqlash va ularni bartaraf etishda kompleks yondashuvning samaradorligi isbotlangan. Maqolada logopedik korreksiyaning zamonaviy usullari va metodik tavsiyalar keltirilgan bo'lib, ular amaliy logopediya ishida qo'llash imkoniyatiga ega.